
Ruxsora Safarova
About the Mentor
Afzalliklari:
- TOPIK 2,darajasi 3
- CEFR B2
- Sof – ilm online academy da kurs yaratuvchi mentor
O’qitadigan yo’nalishlari:
- Koreys tili
O’zim haqimda:
Men Toshkent shahridagi Jamoat Xavfsizligi universitetining Yurisprudensiya yo‘nalishi bo‘yicha talabasiman. Chet tillarini o‘rganishga katta qiziqishim bor va shu yo‘nalishda bilimlarimni doimiy ravishda oshirib boraman. Koreys tilidan Xalqaro TOPIK II imtihonidan 3-darajani muvaffaqiyatli qo‘lga kiritganman. Shuningdek, ingliz tilidan CEFR B2 darajasidagi sertifikatga egaman.
Til o‘rganish nafaqat lingvistik bilimlarni, balki madaniy va tarixiy tushunchalarni ham o‘z ichiga olgani uchun bu jarayon men uchun juda qiziqarli. Shu sababli, koreys tilini nafaqat o‘rganish, balki boshqalar bilan bo‘lishish ham menga zavq bag‘ishlaydi. Ushbu yo‘nalishda tajribamni oshirib, til o‘rganishda samarali yondashuvlarni o‘zlashtirishga intilaman.